JCH-2022. Argentina Polshani magʻlub etdi, Meksika kichik koʻrsatkichlar evaziga guruhda qolib ketdi

"C" guruhidan Argentina va Polsha keyingi bosqichga yo'l oldi

Foto: AS

Foto: AS

JCH-2022 3-turidan oʻrin olgan Polsha hamda Argentina oʻrtasidagi bahs nihoyasiga yetdi. Unda janubiy amerikaliklar 2:0 hisobida gʻalaba qozondi.

Dastlab, 47-daqiqada Aleksis Makallister uchrashuvda hisobni ochdi. 67-daqiqa oʻtib borayotgan bir paytda Xulian Alvares oradagi farqni ikkitaga yetkazib qoʻydi.

Shu tariqa, Argentina oʻz hisobidagi ochkolari sonini 6 taga yetkazib olgan holda, oʻz guruhida birinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi va nimchorak finalda Avstraliyaga qarshi maydonga chiqadi.

Polsha – Argentina 0:2

Gollar: 0:1 – 46 Mak Allister, 0:2 – 67 Alvares.

Polsha – Shchensni, Kesh, Glik, Kiver, Bereshinski (Yendjeychik, 72), Zelinski, Frankovski (Kaminski, 46), Krixovyak (Pentek, 83), Belik (Shimanski, 62), Levandovski, Sviderski (Skuras, 46).

Argentina – Martines, Molina, Otamendi, Romero, Akunya (Talyafiko, 59), De Paul, Mak Allister (Almada, 84), Fernandes (Pesselya, 79), Di Mariya (Paredes, 59), Messi, Alvares (Martines, 79).

Ogohlantirishlar: Akunya (49), Krixovyak (78)

Jahon chempionati guruh bosqchining 3-turidan oʻrin olgan Saudiya Arabistoni va Meksika terma jamoalari oʻrtasidagi bahsda Osiyo vakillari 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Dastlab bellashuvning 47-daqiqasida Martin meksikaliklarni hisobda oldinga olib chiqdi. Oradan 5 daqiqa oʻtib, Chavez oradagi farqni yana bittaga oshirib qoʻydi.

Oʻyinga qoʻshib berilgan daqiqalarda Al Dovsariy gol urib, hisobni qisqartirdi.

Shu tariqa, Saudiya Arabistoni guruhda soʻnggi oʻrinni egalladi. Meksika esa toʻplar nisbatiga koʻra Polsha bilan bir xil ochko toʻplab, 3-oʻrinda qoldi.

Saudiya Arabistoni – Meksika 1:2

Gollar: 0:1 – 47 Martin, 0:2 – 52 Chaves, 1:2 – 90 Al-Dovsari.

Saudiya Arabistoni – Al-Ovays, Al-Ganam (Baxebri, 88), Tombakti, Al-Amri, Al-Bulayxi (Sharaxili, 37), Abdelxamid, Al-Dosari, Al-Xassan (Madu, 46), Kanno, Al-Breykan, Al-Shexri (Al-Obod, 62).

Meksika – Ochoa, Sanches (Alvares, 86), Moreno, Montes, Galyardo, Chaves, Pineda (Rodriges, 77), Alvares (Funes Mori, 86), Losano, Martin (Ximenes, 77), Vega (Antuna, 46).

Ogohlantirishlar: Alvares (16), Al-Shexri (28), Al-Xassan (34), Tombakti (52), Madu (81), Al-Amri (90), Baxebri (90).

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling

So`nggi xabarlar

Yangiliklar