Peru politsiyasi "Marvel" qahramonlari niqobi ostida giyohvand modda savdogarlarini qo'lga oldi — video

Hodisa guvohiga aylangan yo‘lovchilar dastlab buni "Haloween" hazili deb o‘ylashgan

Foto: 9111.ru

Foto: 9111.ru

Peruda to'rt nafar politsiyachi "Marvel" qahramonlari niqoblaridan foydalanib giyohvand moddalar savdosi bilan shug'ullanuvchi oilani qo'lga oldi.

Peruda "Haloween" bayramida "O‘rgimchak odam", "Kapitan Amerika", "Tor" va "Mushuk ayol" superqahramon liboslarini kiygan to‘rt politsiyachi giyohvand moddalar savdosi bilan shug'ullanadigan oilaning uyiga kirishgan.

Giyohvand moddalar sotuvchilari dastlab "Qasoskorlar"ni ko'rib zavqlanishgan bo'lsa-da, niqobdagilar o'zlarini politsiyachi ekanliklarini aytganidan so'ng "biznesman"lar ispan tilida ularni haqoratlay boshlagan .

Politsiya xodimlari keyinchalik 3250 ta kichik paketda oddiy kokain, koka bargining xom ekstrakti, shuningdek, 287 qop kokain va 127 qop marixuanani musodara qilgan.

"Marvel" deb nomlangan operatsiyada uch erkak va bir ayol politsiya tomonidan hibsga olingan.

Hodisa guvohiga aylangan yo‘lovchilar dastlab buni "Haloween" hazili deb o‘ylashgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling

So`nggi xabarlar

Yangiliklar