Umid Haydarov internetda tarqalgan videoga izoh berdi

Uning aytishicha o'sha kuni farzandi kasal bo'lgan

Foto: Buluteka<br>

Foto: Buluteka

Million jamoasining sobiq a'zosi va boshlovchi Umid Haydarov shaxsiy avtomobilida harakatlanayotgan vaqtda yo'l talashib, haydovchilardan birini haqorat qilgani haqida xabar berilgan edi.

Umid Haydarov mazkur holat yuzasidan izoh berdi.

"Bu voqea haqda hech qayerda izoh berganim yo'q. Elning og'ziga elak tutib bo'lmaydi. Har xil gap so'zlar bo'lyapti. Kim haq, kim esa nohaqligi bo'yicha tegishli tashkilotlar shug'ullanishyapti" — deydi u.

Shuningdek, videoni tarqatgan odamni ustidan hech qayerga shikoyat qilmagani haqida qo'shimcha qildi.

Umid Haydarovning so'zlariga ko'ra, u voqea uchun xalqdan uzr so'ragan.

"Odamlardan iltimosim shuki, o'z ko'zingiz bilan ko'rmagan narsaga izoh berishdan tiyilish kerak. Bo'lmasa bu g'iybat bo'lib qoladi. Tanganing ikki tarafi bo'lganidek, tarqatilgan videoni ko'rib bir tomonlama xulosa qilish yaramaydi. Men o'z hatti-harakatlarim uchun o'zim javob beraman, bunga "Million" nomini aralashtirish shart emas. Menimcha tirband ko'chalarda bunday voqealardan kuniga bir necha marta sodir bo'ladi. O'sha kuni farzandim kasal edi, kutilmaganda shunday bo'ldi", — deya ta'kiydi Umid Haydarov.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling