Foto: O'zA
Samarqandda ayol to'rt egizakni dunyoga keltirdi, deb xabar bermoqda Oʻzbekiston milliy axborot agentligi.
Qayd etilishicha, Samarqand viloyati perinatal markaziga 29-oktyabr kuni Samarqand tumani Xoʻja Ahror Vali mahallasida yashovchi homilador M.Tohirovani olib kelishgan.
Tekshiruvlar natijasida, homilador ayol toʻrt egizak kutayotgani aniqlangan. Shifokorlar tugʻruqni jarrohlik yoʻli bilan amalga oshirishga qaror qilishgan.
“2-noyabr kuni amalga oshirilgan jarrohlik amaliyotida ikki oʻgʻil va ikki qiz egizak tugʻdirib olindi”, — deydi Samarqand viloyati perinatal markazi direktori Lola Hamroyeva.
Qayd etilishcha, hozirda ona va bolalarning umumiy holati qoniqarli. Hozirda chaqaloqlar markazning chaqaloqlar boʻlimida nazoratda ekanligi aytilgan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling