O'zbekiston hududida Telegram vaqtincha ishlamay qoldi. Bu holatga jamoatchilik hamda mas'ullar qanday munosabat bildirdi?

Kecha O'zbekiston hududida Telegram messenjeri faoliyatida uzilishlar kuzatildi. Repost.uz ushbu hodisani ketma-ketlikda o'quvchiga qulay tarzda tushuntirishga harakat qiladi.

Foto: Money IO

Foto: Money IO

 Kecha, 2-noyabr kuni O‘zbekiston hududida Telegram messenjeridan foydalanishda uzilishlar kuzatildi.

Telegram nima sababdan ishlamay qoldi va qanday imkoniyatlar cheklanib qoldi?

Messenjer orqali mediaxabarlar, xususan, video va foto ma’lumotlar yuklash imkoniyati cheklanib qoldi.

Telegram Qo‘llab-quvvatlash markazi vakilining ma’lum qilishicha, muammo Telegram tarafida bo'lmagan.  Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ham holatga munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, messenjerga ulanishdagi muammolar Telegram’ning O‘zbekistonda bloklanganini anglatmaydi.

“Xavotirlanishga o‘rin yo‘q”, — deyiladi AKT vazirligi xabarida.

Ijtimoiy tarmoqlarda foydalanuvchilar holatga qanday munosabat bildirdi?

Telegram ishlamay qolgani ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari keng muhokamasiga sabab bo'ldi.

Dastlab fikrlar Telegramning o'zida bildirildi. Jumladan, Telegram'dagi "Tentak Minds" kanali shunday yozdi: "Oʻzbekistonda telegram faoliyatida uzilish boʻlayotganini telegram kanalda yozmoqchi boʻlib keyin oʻylab qarasam foydasi yoʻq ekan. Telegram ishlamaganidan keyin bu xabarni odamlar qanday o'qiydi?".

Jurnalist Xurshid Daliyev esa o'z kanalida "Telegramga ozodlik" deb yozgan.

Telegram'dagi Otabek Artiqov kanali Telegram ichi qotgandek ishlayotgani uchun uning asoschisi Durovdan ich suradigan dori so'ragan. Chunki ko'plab o'z faoliyatini Telegram'da yuritadigan kanal egalari holatdan havotirga tushganini ma'lum qilgan.

Twitter foydalanuvchilardan biri hazil tariqasida Telegram ishlamay qolganini bir necha kun avval Click, Payme va boshqa onlayn to'lov tizimlari to'xtatilgani bilan bog'ladi.

Bloger Nurbek Alimov esa VPN yordamida Telegram uzilishlarsiz ishlayotganini ta'kidlagan.

Huquqshunos Xushnud Xudoyberdiyev muammo Telegramda muammo yoq'ligini, aksincha  O'zbekistondagi internet bilan muammo borligini aytgan

2-noyabr kuni soat 20:45 holatiga Telegram’ga kirishdagi nosozlik bartaraf etilgan, ilova barqaror faoliyat ko‘rsatmoqda.

O'tgan yili bu bilan bog'liq qanday hodisa yuz bergandi?

2021-yilning 3-noyabrda “Oʻzkomnazorat” Telegram, YouTube, Instagram, Facebook, Odnoklassnikiʻning Oʻzbekistondagi faoliyatini cheklagan edi.

“Oʻzkomnazorat” shaxsga doir maʼlumotlar subyektlari huquqlarini buzuvchilar reyestrini yuritishini unga Odnoklassniki, YouTube, LinkedIn, Instagram, Facebook, Telegram va boshqa ijtimoiy tarmoqlar kirishini ma'lum qilgandi.

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov holatdan Shavkat Mirziyoyev xabar topganini va tez kunda muammo bartaraf etilishi haqida xabar bergan.

Shundan so'ng, prezident topshirigʻiga asosan Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi boshligʻi Gʻolibsher Ziyayev notoʻgʻri va kelishilmagan xatti-harakatlari uchun egallab turgan vazifasidan chetlatilgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling