Qatarda boʻlib oʻtayotgan Jahon Chempionati chorak final bahslaridan oʻrin olgan Braziliya— Xorvatiya oʻrtasidagi oʻyin yakunlandi.
Uchrashuvning asosiy boʻlimlarida darvozalar ishgʻol etilmadi. Shu sabab jamoalar qoʻshimcha boʻlimlarga murojaat qildi. 105+1-daqiqada Neymar hisobni ochdi. 117-daqiqada esa Bruno Petkovich muvozanatni tikladi. Qoʻshimcha boʻlimlarda hisob 1:1 koʻrinishida yakunlandi va gʻolib penaltilar seriyasida aniqlanadigan boʻldi.
Penaltilar seriyasida esa Xorvatiya 4:2 hisobida zafar quchdi.
Xorvatiya — Braziliya 1:1
Penaltilar seriyasi: 4:2
Gollar: 0:1 – 105+1 Neymar, 1:1 — 117 Petkovich.
Xorvatiya: Livakovich, Yuranovich, Lovren, Gvardiol, Sosa (Budimir, 110), Modrich, Kovachich (Maer, 105), Brozovich (Orshich, 114), Perishich, Pashalich (Vlashich, 72), Kramarich (Petkovich, 72).
Braziliya: Alisson, Militao (Aleks Sandro, 105), Tiago Silva, Markinyos, Danilo, Kazemiro, Lukas Paketa (Fred, 105), Neymar, Risharlison (Pedro, 84), Rafinya (Antoni, 56), Vinitsius Junior (Rodrigo, 64).
Ogohlantirishlar: Danilo (25), Brozovich (31), Kazemiro (68), Markinyos (77) Petkovich (117).
Shu tariqa xorvatlar yarim finalga yoʻllanmani qoʻlga kiritgan ilk jamoaga aylandi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling