Foto: Telegram
14-noyabr kuni Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy ukrain qo‘shinlari qo‘lga kiritgan janubiy Xerson shahriga bordi. Bu haqda "Nexta" xabar berdi.
“Biz olg‘a intilyapmiz”, degan Prezident Ukraina qo‘shinlariga murojaatida.
Foto: Telegram
Shuningdek, Zelenskiy NATO va boshqa ittifoqchilarga Rossiyaga qarshi urushdagi yordami uchun minnatdorlik bildirgan.
Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina tinchlikni o‘rnatishga tayyor.
“Biz tinchlikka, butun yurtimiz tinchligiga tayyormiz”, — deydi Ukraina yetakchisi.
Avvalroq, Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Shoygu Qurolli kuchlarning Xersondan chekinishini ma’lum qilgan edi. Rossiya ushbu shaharni joriy yilning 23-27-sentyabr kunlari o‘tkazilgan “referendum” natijalariga ko‘ra, o‘zining abadiy hududi deya e’lon qilgandi.
Shuning uchun, Rossiyaning chekinish to‘g‘risidagi qarori xalqaro maydonda katta mag‘lubiyat sifatida qabul qilindi. Tahlilchilarning qayd etishicha, Prezident Vladimir Putin ushbu mag‘lubiyatga o‘zini beparvo ko‘rsatishga urinmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling