Foto: Transport vazirligi matbuot xizmati
O‘zbekiston-Qirg‘iziston-Xitoy temir yo‘li qurilishi loyihasi bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risidagi uch tomonlama bitim imzolandi. Bu haqda O‘zbekiston Transport vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Hujjat Qirg‘izistonda temir yo‘l qurilishi texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish bo‘yicha barcha ishlarni 2023-yilning birinchi yarmida yakunlashni ko‘zda tutadi.
Shuningdek, tomonlar uch tomonlama temir yo‘l loyihasining texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqishda xarajatlarni moliyalashtirish va taqsimlash tartibini belgiladilar.
Qayd etilishicha, loyihaning amalga oshirilishi Xitoydan O‘zbekiston orqali Yevropaga va Janubiy yo‘lak orqali Fors ko‘rfazi davlatlariga savdo va transport geografiyasini kengaytirish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Ta'kidlanishicha, bu jarayonda tashqi savdo transport yo‘laklarini yanada diversifikatsiya qilish, muqobil yo‘nalishlarni rivojlantirish va yangi yo‘nalishlarni yaratish dolzarb ahamiyatga ega.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling