Foto: Bloomberg
Amerikaning Janubiy Dakota shtati gubernatori Kristi Noem mahalliy amaldorlarga TikTok ijtimoiy tarmog‘idan foydalanishni taqiqladi. Bu haqda "Bloomberg" xabar berdi.
Gubernatorning fikricha, tarmoq orqali kuzatuv amalga oshirilishi va maʼlumotlar Xitoy hukumatiga berilishi xavfi bor.
“Janubiy Dakota bizdan nafratlanadigan davlatlariga razvedka maʼlumotlari to‘plash bilan shug‘ullanmaydi. Xitoy kommunistik partiyasi TikTok orqali Amerika xalqini manipulyatsiya qilish maqsadida maʼlumot to‘plash bilan shug‘ullanadi va ular platformaga ulangan qurilmalarning maʼlumotini to‘playdi”, – degan u.
Ushbu qaror darhol kuchga kiradi. Davlat xizmatchilarining ijtimoiy tarmoqni yuklab olishi taqiqlanadi. Shuningdek, shtat hukumati taqdim etgan qurilmalar orqali TikTok saytiga kirish ham mumkin emas.
Gubernator boshqa shtatlar ham Janubiy Dakota ortidan borishiga umid bildirgan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling