O'zbekiston qaysi davlatlardan eng ko'p import qilgani ma'lum bo'ldi-statistika

So'nggi 7 oyda importning umumiy hajmi 16,8 mlrd dollarga teng bo'lgan

Foto: seanews

Foto: seanews

2022-yilning yanvar-iyul oylarida O‘zbekiston importida yuqori ulushga ega bo‘lgan hamkor davlatlar hamda import miqdorlari haqida Statistika qo'mitasi xabar berdi.

Ma'lum bo'lishicha, ro'yxatda Xitoy birinchi o'rinni egallagan, hamda import miqdori 3.7 mlrd dollarni tashkil qilgan.

Quyida O'zbekiston importida yuqori ulushga ega bo'lgan 10 ta davlat keltirib o'tilgan:

— Xitoy – 3,7 mlrd.

— Rossiya – 3,3 mlrd.

— Qozog‘iston – 1,7 mlrd.

— Koreya – 1,4 mlrd.

— Turkiya – 965 mln.

— Germaniya – 589 mln.

— Hindiston – 359 mln.

— Turkmaniston – 353 mln.

— Braziliya – 281 mln.

— AQSH – 236 mln. AQSH dollari

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling