Rossiya Federatsiyasining tarkibiga kiruvchi Checheniston respublikasi rahbari Ramzan Qodirov general-polkovnik unvonini oldi. Bu haqda u o'zining Telegram kanalida ma'lum qildi.
"Sizlar bilan yana bir xushxabarni sizlar bilan baham ko'rmoqchiman. Rossiya prezidenti menga general-polkovnik unvonini berdi. Farmon 709 raqami ostida chiqdi. Vladimir Vladimirovich bu haqda shaxsan o‘zi meni xabardor etdi va tabrikladi. Mening xizmatlarimga berilgan yuksak baho uchun Oliy Bosh Qo‘mondonimizdan cheksiz minnatdorman! Bu men uchun ulkan sharaf. Oldindan bildirilgan ishonchni oqlashga so'z beraman", — deydi Checheniston rahbari.
Ma'lumot o'rnida avvalroq Qodirovga general-leytenent unvoni berilgan edi.
Shuningdek, Checheniston rahbari 2020-yil iyul oyida Rossiya gvardiyasining general-mayori unvonini olgan.
Bundan tashqari, u mamlakatdagi eng oliy unvoni Rossiya Federatsiyasi qahramoni bo‘lgan, shuningdek “Vatan oldidagi xizmatlari uchun” III darajali ordeni, “Jasorat” ordeni, “Sharaf” ordeni va boshqa davlat mukofotlariga loyiq topilgan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling