Samarqandda "Spark" haydovchisi YPX xodimining ko'z o'ngida qarama-qarshi yo'lda harakatlandi — video

Haydovchiga BHMning oʻn baravari (3 mln soʻm) miqdorida jarima jazosi belgilan

Foto:  Videodan lavha<br>

Foto:  Videodan lavha

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand shahrida “Spark” haydovchisi YPX xodimining koʻz oʻngida yoʻlning qarama-qarshi qismida harakatlangani aks etgan videolar tarqaldi. Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati mazkur holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, voqea Samarqand shahrining “Registon maydoni” roʻparasida sodir boʻlgan. Unga koʻra, haydovchi yoʻlning qarama-qarshi qismida harakatlangan. Biroq, ushbu hududda xizmat olib borayotgan YPX xodimlari qoidabuzar haydovchini toʻxtatish chorasini koʻrmagan.

Maʼlum qilinishicha, mazkur video jamoatchilik vakili tomonidan “videoJarima” dasturiga yuborilgan. Masʼul xodim tomonidan qoidani buzgan haydovchiga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 128-moddasi (Transport vositalari haydovchilarining xalaqit berishi yoki avariya holatini yuzaga keltirishi, yoʻlning qarama-qarshi harakatlanish uchun moʻljallangan tomoniga yoki boʻlagiga chiqishi) ikkinchi qismi tartibida BHMning oʻn baravari (3 mln soʻm) miqdorida jarima jazosi belgilan.

Xabarga koʻra, qoidabuzarlik sodir etilishi vaqtida tegishli chora koʻrilishini taʼminlamagan xodimlarga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlangan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling