Foto: Telegram
Olmaliq shahridagi “Olmaliq gʻishtchi” MCHJ gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi.
Energetika vaziri boshchiligidagi maxsus shtab tomonidan 8-dekabrdan 9-dekabr kuniga oʻtar kechasi Toshkent viloyatidagi yuridik isteʼmolchilarning tabiiy gazdan foydalanish holati boʻyicha tungi nazorat tadbiri oʻtkazildi.
Ma'lum bo'lishicha, shaharda “Olmaliq gʻishtchi” MCHJ 10 kun ichida 5 mingga yaqin xonadonning bir kunlik isteʼmoliga teng miqdordagi tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelgan.
Holat yuzasidan barcha hujjatlar qonuniy chora koʻrish uchun Olmaliq shahar prokuraturasiga topshirildi. Hozirda dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling