Foto: Davlat statistika qo'mitasi
Prezidentning “Oʻzbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishonini taʼsis etish borasidagi farmoni qabul qilindi. Bu haqda OʻzA xabar bermoqda.
Qayd etilishicha nishon bilan, mamlakat mustaqilligini mustahkamlash, uning iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, ilmiy salohiyatini yuksaltirish, mudofaa qudratini oshirish, Yangi Oʻzbekistonda demokratik islohotlarni chuqurlashtirish, inson huquqlari va erkinliklari, qadr-qimmati ulugʻlanadigan adolatli fuqarolik jamiyatini barpo etish va boshqalarga munosib hissa qoʻshib kelayotgan barcha soha vakillari taqdirlanadi.
Shuningdek, mehnat faxriylari, harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari hamda boshqa shaxslarga esdalik nishonlari taqdim etiladi.
Foto: O'zA
Maʼlum qilinishicha, ushbu esdalik nishoni bilan Oʻzbekiston fuqarosi boʻlmagan shaxslar ham taqdirlanishi mumkin.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling