Kursk atom elektr stansiyasiga olib boruvchi uzatish liniyalari portlatildi

FSB bergan ma'lumotlarga ko'ra ushbu liniyalar Ukrainalikdiversantlar tomonidan portlatilgan

Foto: CentralAsia<br>

Foto: CentralAsia

FSB ukrainalik diversantlar Kursk atom elektr stansiyasiga olib boruvchi elektr uzatish liniyalarini portlatganini maʼlum qildi.

Avgust oyida ukrainalik diversantlar Kursk atom elektr stansiyasini oziqlantiruvchi oltita elektr uzatish minorasini portlatib yubordi.

Rossiya maxsus xizmatlarining bergan ma'lumotlariga ko‘ra, bu “atom elektr stansiyasi faoliyatining texnologik jarayonining buzilishiga” olib kelgan.

Qayd etilishicha, 2022-yil 4-9 va 12-avgust kunlari Kursk viloyatining Kurchatov tumanida Ukraina sabotaj guruhlari yuqori voltli elektr uzatish liniyalarining oltita minorasini (110, 330 va 750 kV) portlatib yuborgan.

Ma'lum bo'lishicha, ushbu liniyalar orqali Kursk AES elektr energiyasini yetkazib beradi.

Mazkur holat yuzasidan Tergov qo'mitasi ushbu moddaning 2-qismi "a", "v" bandlari bo'yicha jinoyat ishlarini qo'zg'atdi. Rossiya Jinoyat kodeksining 205-moddasi (terrorchilik harakati) bilan jinoyat sodir etgan shaxslarni qidirish ishlari olib borilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling