Videodan kadr
Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumanida erkak xotinini bog‘cha bolalari ko‘z o‘ngida kaltaklagani aks etgan video tarqaldi.
Ma'lum bo'lishicha, er rashk sabab xotini ishlaydigan xususiy bog‘chaga borib, janjal ko‘targan va bolalar ko‘z o‘ngida ayolini bo‘g‘ib, kaltaklagan.
Tasvirda bolalar voqeadan qo‘rqib ketib yig‘laganini ko‘rish mumkin.
Voqea yuzasidan hozircha rasmiy ma’lumot berilmagan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling