Namanganda oilaviy kelishmovchilik sabab XTB xodimi o'zini osib qo'ydi

O'zini osgan shaxsning bir nafar farzandi bo'lgan

Foto: Teznews

Foto: Teznews

Namangan viloyatining Norin tumanida 29 yoshli xalq taʼlimi boʻlimi xodimi oʻzini osib qoʻydi. Bosh prokuratura matbuot xizmati ushbu xabarni Repost.uz'ga tasdiqladi.

Maʼlum qilinishicha, 21-oktyabr kuni tuman IIBga “Katta Oʻlmas” MFYda yashovchi fuqaro yashash xonadoni qoʻyxonasi toʻsiniga oʻzini osib qoʻygani toʻgʻrisida xabar kelib tushgan.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, bunga fuqaroning turmush oʻrtogʻi oilaviy kelishmovchilik oqibatida ota uyiga ketib qolgani va buning natijasida erkakning ruhiyatida salbiy oʻzgarishlar sodir boʻlgani sabab boʻlgan.

Tumanlararo Sud tibbiy ekspertiza byurosi tomonidan taqdim etilgan 93-sonli dastlabki maʼlumotnomada marhumning oʻlimi boʻyin aʼzolarining sirtmoq bilan siqilishi oqibatidagi mexanik asfiksiyasidan kelib chiqqani, badanida boshqa tan jarohatlari aniqlanmagani koʻrsatilgan.

Qayd etilishicha, o'zini osgan fuqaro 29 yoshda bo'lib, bir nafar farzandi bo'lgan. U Norin tumani XTB mutaxassisi lavozimida ishlab kelgan. Hozirda holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling