Foto: EADaily
Rossiya va Gruziya oʻrtasidagi chegarada “Verxniy Lars” nazorat-oʻtkazish punktida safarbarlik punkti ochiladi. Bu haqda Rossiya Ichki ishlar vazirligi rasman e'lon qildi.
"Gruziya tomon harakatlanayotgan yengil avtomashinalar oqimi jiddiy ravishda ortib bormoqda. Noqonuniy xatti-harakatlar va ziddiyatli vaziyatlar yuzaga kelishi xavfini kamaytirish uchun fuqarolarning chegarani piyoda kesib o‘tishiga ruxsat berish to‘g‘risida qaror qabul qilindi", — deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, ushbu qaror noqonuniy xatti-harakatlar va ziddiyatli vaziyatlarning paydo bo'lishi xavfini kamaytirish uchun qabul qilingan.
"Bundan tashqari yaqin kunlarda nazorat-o‘tkazish punktida harbiy komissiyaning safarbarlik punkti tashkil etiladi”, — deyiladi xabar yakunida.
Shimoliy Osetiya bosh vaziri oʻrinbosari Irbek Tomayevning ma'lum qilishicha, Gruziyaga joʻnab ketish uchun navbatda 3,5 mingga yaqin yengil va 1,3 ming yuk mashinasi toʻplangan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling