Surxondaryodagi kanaldan 27 yoshli yigitning jasadi topildi

 Holat boʻyicha oʻtkazilgan ekspertiza xulosalarida yoʻl qoʻyilgan xatoliklar uchun sud-tibbiy ekspertiga nisbatan hayfsan berilgan

Foto: KUn.uz<br>

Foto: KUn.uz

Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumani “Jannatmakon” mahallasida yashovchi 27 yoshli fuqaroning kanalda choʻkib ketishi yuzasidan yoʻllangan videomurojaatlar tarqaldi. Viloyat prokraturasi mazkur murojaatlar yuzasidan rasmiy bayonot berdi.

Maʼlum qilinishicha, Oltinsoy IIB navbatchilik qismining 10-avgustdagi xabariga koʻra, soat 08:00 larda tuman hududidan oqib oʻtuvchi “Hazarbogʻ” kanali kanalidan Sariosiyo tumani “Jannatmakon” mahallasida yashagan 27 yoshli yigitning jasadi topilgan.

RSHTYIM Oltinsoy tuman punktining 7-sentyabrdagi 22-sonli xulosasida koʻrsatilgan ichki tekshiruv natijalarida marhumning ichki aʼzolaridagi oʻzgarishlar nafas yetishmovchiligi natijasida yuzaga kelgani haqidagi maʼlumotlar keltirilgan. Ekspert xulosasining bayonot qismi bilan xulosa qismida nomutanosib holati kuzatilgani sababli marhumning jasadi sud ajrimi asosida 9-sentyabrda eksgumasiya qilinib, komission sud tibbiyot ekspertizadan oʻtkazilgan.

12-sentyabrdagi 426-sonli va 14-oktyabrdagi 84-qoʻshimcha komission sud tibbiyot ekspertiza xulosalarida, yigitning oʻlimi yuqori nafas yoʻllari burin, ogʻiz boʻshligʻining suyuqlik bilan (suv) berkitilishidan vujudga kelgan mexanik asfiksiya natijasida kelib chiqqani tasdiqlangan.

Yigitning badanida aniqlangan shilinmalar va jarohatlar xususiyati boʻyicha uning oʻlimidan soʻng kanal boʻylab oqishi jarayonida notekis chegaralangan yuzaki jismlarga urilishi natijasida yuzaga kelgan. Uning badanida qarshilik koʻrsatish, urish, tepish, janjallashish natijasida kelib chiqqan tan jarohatlari aniqlanmagan, birlamchi xulosada oʻlim sababi choʻkishning nafas yoʻllarini burun, ogʻiz boʻshligʻining suyuqlik (suv) bilan bekilishi natijasidagi spastik (nafas boylamalarining bekilib qolishi)dan vujudga kelgan mexanik asfiksiya oqibatida kelib chiqqani holati inobatga olinmagani sababli tafovut kelib chiqqani koʻrsatilgan.

Shuningdek, yigitning oʻlimi holati yuzasidan dastlabki ekspertiza tekshiruvi yuzasidan xulosa berishda yoʻl qoʻygan xato va kamchiliklari uchun sud-tibbiy ekspertiga nisbatan hayfsan intizomiy jazo chorasi qoʻllanilgan.

Oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruv natijasiga koʻra, marhumning oʻlimida biror-bir shaxsning harakatlarida jinoyat tarkibi aniqlanmagani sababli 17-oktyabrda Jinoyat-prosessual kodeksining 83-moddasi (reabilitasiya uchun asoslar) 2-bandiga asosan jinoyat ishi qoʻzgʻatishni rad qilish haqida qaror qabul qilingan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling