Foto: Statistika qo'mitasi axborot xizmati
O‘zbekistonga 2022-yilning yanvar-avgust oylarida 3 million nafar chet el fuqarosi turistik maqsadlarda tashrif buyurdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Maʼlum qilinishicha, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,5 million nafarga yoki 1,9 baravarga oshgan.
O‘zbekistonga 8 oyda oyda eng ko‘p sayyohlar Qozog‘iston (922,7 ming), Qirg‘iziston (821,9 ming) hamda Tojikiston (814,5 ming)dan tashrif buyurgan.
Shuningdek, quyidagi davlatlardan sayyohlar ham kelgan:
Rossiya – 316,9 ming nafar;
Turkiya – 45,8 ming nafar;
Janubiy Koreya – 10,9 ming nafar;
Germaniya – 10,3 ming nafar;
AQSH – 7,8 ming nafar;
Hindiston – 6,7 ming nafar;
Fransiya – 6,4 ming nafar;
Ozarbayjon – 6,1 ming nafar;
Isroil – 6,6 ming nafar;
Buyuk Britaniya – 6 ming nafar;
Italiya – 4,7 ming nafar;
Ispaniya – 3,1 ming nafar.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling