Foto: SportRush
Abu Dabida 22-oktabr kuni UFC 280 oqshomi o'tkaziladi. Unda bir qator mashhur UFC yulduzlari ishtirok etadi. Kechaning asosiy jangi Charlz Olivyera hamda Islam Maxachev o'rtasida o'tkaziladi.
Maykl Chendler esa ushbu jang Islamga berilganidan noroziligini bildirib o'tgan.
"Islamga hech qanday xusumatim yo‘q. Biroq u hech bir top jangchiga qarshi oktagonga ko‘tarilmadi. Bu haqiqat. U vaznning 14-raqamli jangchisini mag‘lub etdi, keyin Xukerni taslim qildi. Ko‘pchilik men ham Xukerga qarshi jang qilganimni aytishadi, biroq men jang qilgan vaqtdagi Xuker umuman boshqa daraja edi. Islam juda ham kuchli emas, uni Oliveyraga qarshi jangda qanday qilib favorit deb hisoblashayotganini tushunmayapman. Bu ahmoqlik", — dedi Chendler.
Islam Maxachev Maykl Chendlerning gaplariga tezkorlik bilan javob qaytardi:
"Xa xa xa sening UFC'da ikkitagina g‘alabang bor. Bittasi Xuker, mag‘lubiyatli seriyasi boshlangan jangchi. Ikkinchisi esa Toni. Uning hisobida esa ketma-ket beshta mag‘lubiyat bor. Iltimos, ovozingni o‘chir va vaqtingni kut"
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling