Foto: Politika.net
Sankt-Peterburgda mashhur qo'shiqchi Grigoriy Leps qo'riqchilari bilan birga bir erkakni kaltakladi.
Ma'lum bo'lishicha, u avvaliga konsertda qo'shiq aytishdan bosh tortib jahl bilan chiqib ketgan.
Shundan so'ng, qo'riqchilari bilan shahardagi barga borgan. U yerda spirtli ichimlik ichib, 39 yoshli bir erkakka narda o'ynashni taklif qilgan. Shunchaki emas, o'yin uchun 10 ming dollar tikish kerak bo'lgan. Erkak o'zida bunday pul yo'qligini aytgach, o'rtada janjal kelib chiqqan.
Ularni bardan chiqarib yuborilganidan so'ng, ko'chada Grigoriy Leps va qo'riqchisi erkakni kaltaklagan.
Qayd etilishicha, jabrlanuvchiga burun sinishi, ko'karishlar va o'ng tizza bo'g'imining shikastlanishi tashxisi qo'yilgan.
Jabrlanuvchi Leps ustidan shikoyat qilgan. Agar ish davom etsa, qo'shiqchi besh yilgacha qamalishi mumkin..
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling