Surxondaryoda profilaktika inspektorini haqorat qilib, u bilan urishmoqchi bo'lganlar qamaldi — video

ular inspektordan formasini yechib, 22 yoshli jiyani bilan urushishini so‘rab, uni haqorat qilgan

Foto: Teznews

Foto: Teznews

Surxondaryo viloyati Denov tumanida profilaktika inspektorining qonuniy faoliyatiga qarshilik ko‘rsatgan shaxslar javobgarlikka tortildi. Bu haqda «Zamon» informasion dasturida ma’lum qilindi.

Ta’kidlanishicha, 10-oktabrga o‘tar kechasi soat 00:20 larda 32 yoshli shaxs 22 yoshli jiyani va boshqa tanishlari bilan tug‘ilgan kunini nishonlash bahonasida Denov tumanidagi kafelarning birida spirtli ichimlik ichgan. Mast holatda bo‘lgan fuqarolar kafening yopilishini talab qilgan profilaktika inspektorining talablarini bajarmay, unga faol qarshilik ko‘rsatgan. Hatto ular inspektordan formasini yechib, 22 yoshli jiyani bilan urushishini so‘rab, uni haqorat qilgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Denov tumani sudida o‘tkazilgan ochiq sud majlisida ichki ishlar xodimi bilan janjallashgan ikki shaxs ishi ko‘rib chiqilgan.

Sudlanuvchilar spirtli ichimlik ta’siri bo‘lgani, aybiga iqror bo‘lib, qilgan ishidan pushaymonligini bildirgan. Sud hukmiga ko‘ra, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeskning 183-moddasi (mayda bezorilik) bilan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling