Foto: RIA Novosti
Rossiya qisman safarbarlik oʻz nihoyasiga yetdi. Bu haqda mamlakat mudofaa vaziri Sergey Shoyguning soʻzlariga tayanib “RT” nashri xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, prezident Vladimir Putin bilan uchrashuvda Sergey Shoygu jami 300 ming kishi safarbar qilinganini maʼlum qilgan.
"Rossiya qoʻshinlari oʻz saflariga koʻngillilar va pudratchilarni qabul qilishda davom etadi”, — deya qoʻshimcha qilgan Shoygu.
Maʼlum qilinishicha, 218 ming safarbar qilingan fuqarolar oʻquv poligonlarida va jangovar harakatlarni muvofiqlashtirish jarayonlarini olib bormoqda. Yana 82 ming kishi Ukrainadagi urush hududiga joʻnatilgan.
Eslatib oʻtamiz, 21-sentyabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakatda qisman safarbarlik eʼlon qilgan edi. Shundan soʻng ruslar, asosan, Oʻrta Osiyo mamlakatlariga ommaviy ravishda koʻchib keta boshladilar.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling