Foto: Baza
10-oktabr kuni ertalab Kiyev markazida kamida ikkita portlash sodir bo‘ldi, qurbonlar bor. Bu haqda "DW" xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, havo hujumi xavfi 6:47 da e’lon qilingan va ertalab soat 8:00 dan keyin Kiyevda 3-4 portlash sodir bo‘lgan.
Ukraina ichki ishlar vaziri maslahatchisi Anton Gerashchenkoning so‘zlariga ko‘ra, Kiyevdagi raketalardan biri Volodimirskaya ko‘chasidagi Xrushevskiy haykali yoniga tushgan. Hozirda qutqaruvchilar ishlamoqda.
Ma’lum qilinishicha, Kiyev metrosida harakat to‘xtatilgan. Barcha stantsiyalar boshpana vazifasini bajarmoqda.
Shuningdek, Ukraina ommaviy axborot vositalari Jitomir, Lvov, Ternopil va Kiyev viloyatlarida portlashlar sodir bo‘lganini xabar qilmoqda. Portlashlar haqida Dnepr meri ham xabar bergan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling