Foto: «РИА Новости»
Istanbuldagi turar joy binosida sodir boʻlgan portlash oqibatida uch kishi halok boʻldi. Bu haqda shahar gubernatori Ali Yerlikaya oʻzining Twitterʻdagi sahifasi orqali maʼlum qildi.
Istanbuldagi binoning portlashiga, dastlabki maʼlumotlarga koʻra, gaz sizib chiqishi sabab boʻlgan.
“Afsuski, tabiiy gaz portlashi oqibatida uch kishi halok boʻldi. Binoda qidiruv ishlari davom etmoqda”, — deb yozadi Yerlikaya.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling