Videodan lavha
Eron yaqin 48 soat ichida Saudiya Arabistoniga hujum qilishi mumkin, deb xabar bermoqda "The Wall Street Journal" nashri.
Bundan koʻzlangan maqsad dunyoni Eronda boʻlib oʻtayotgan norozilik namoyishlaridan chalgʻitish, deyiladi nashr tomonidan tarqatilgan xabarda. Saudiya razvedkasi maʼlumotlariga koʻra, hujum yaqin 48 soat ichida amalga oshiriladi.
“Saudiya Arabistoni va Amerika Eron tahdidi haqidagi xabarlar ortidan qoʻshinlarini shay holatga keltirdi. Amerika bilan birgalikda yaqin Sharqning bir qancha davlatlari ham oʻz qurolli kuchlarining jangovar tayyorgarligi darajasini oshirdi”, deya xabar bermoqda "The Wall Street Journal".
Oq uy Milliy xavfsizlik kengashi Eron qirollikka hujum qilsa, javob berishga tayyorligini bildirgan.
Eron Qom shahridagi Jamkaron masjidi gumbazi ustiga qasos qizil bayrogʻini koʻtardi, bu esa urush eʼlon qilish bilan barobardir.
Qizil bayroqning koʻtarilishiga nima sabab boʻlgani hali nomaʼlum. Qizil bayroq oxirgi marta Qosim Sulaymoniy oʻldirilganida, 2020-yilda koʻtarilgan edi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling