Foto: Nodirbek Abdusattorov rasmiy kanali
Shaxmat boʻyicha “World Fischer Random Chess Championship” jahon chempionatida oʻzbekistonlik Nodirbek Abdusattorov rossiyalik Yan Nepomnyashiy va amerikalik Uesli Soni magʻlub etdi.
Islandiyada shaxmat boʻyicha “World Fischer Random Chess Championship” jahon chempionatida bo'lib o'tmoqda. Unda oʻzbekistonlik rapid boʻyicha jahon chempioni Nodirbek Abdusattorov 1-tur oʻyinida rossiyalik Yan Nepomnyashiyni, keyingi bosqichda amerikalik Uesli Sodanni mag'lub etdi. Soʻnggi 2 turdan soʻng Nodirbek "A" guruhida peshqadamlik qilmoqda.
Foto: Nodirbek Abdusattorov rasmiy kanali
Endi oʻzbekistonlik grossmeyster guruhdagi soʻnggi oʻyinni islandiyalik Xyyorvar Steyn Gretarssonga qarshi oʻtkazadi. Oʻz guruhida muvaffaqiyat qozongan shaxmatchilar yarim final bahsida qatnashadi.
Foto: Nodirbek Abdusattorov rasmiy kanali
Maʼlumot uchun, ushbu jahon chempionatida shaxmatchilar musobaqaning umumiy mukofot jamgʻarmasidagi 400 ming dollar va 150 ming dollardan iborat birinchi mukofot uchun bahs olib boradi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling