O'zbekiston oltin xarid qilish bo'yicha 2-o'ringa chiqqani aytilmoqda

Yil boshidan beri markaziy banklar 673 tonna sotib olgan

Foto: WGC

Foto: WGC

O'zbekiston oltin xaridi bo'yicha 2-o'ringa chiqib oldi. Bu haqda "World Gold Council" xabar bermoqda.

WGC maʼlumotlariga koʻra, uchinchi chorakda dunyoda oltin qazib olish atigi 1 foizga oʻsgan. Talab oʻsishining asosiy sababi markaziy banklar tomonidan oltin sotib olishning keskin oʻsishi boʻlganligi taʼkidlanmoqda. Hisobot davridagi koʻrsatkich oʻtgan yilning shu davriga nisbatan toʻrt barobar koʻp.

Yil boshidan beri markaziy banklar 673 tonna sotib olgan. Bu esa 1967-yildan beri eng yuqori koʻrsatkich hisoblanadi.

Raqamlarni oshkor qilgan eng yirik xaridorlar Turkiya (30 tonna), Oʻzbekiston (26 tonna), Hindiston(17 tonna) markaziy banklari boʻlgan. 300 tonnadan ortiq sotilgan oltinlarning xaridorlari oʻzlarini oshkor etmagan.

Taʼkidlanishicha, dunyoda oʻsib borayotgan inflyatsiya xususiy investorlar tomonidan ham qimmatbaho metallga qiziqish uygʻotmoqda. WGC maʼlumotlariga koʻra, uchinchi chorakda 245 tonnaga yaqin oltin quyma va tanga shaklida xarid qilingan, bu 2021-yilning uchinchi choragiga nisbatan 36 foizga koʻpdir.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling