Foto: South China Morning
Xitoy Xalq Ozodlik Armiyasi 9-avgust kuni Tayvanni o‘rab olish va himoya qilishga qaratilgan harbiy mashg‘ulotlarni e’lon qildi. Bu haqda "South China Morning" nashri xabar bermoqda.
Xitoy harbiy-dengiz floti va havo kuchlari avvalgi to‘rt kunlik mashg‘ulotlardan so‘ng orol suvlari hamda havo hududida qo‘shma jangovar tayyorgarlikni davom ettiradi. Xitoy qo'mondonligi ushbu tadbirdan maqsadni Tayvanni "qo'shma mudofaa" va "qo'shma blokada" operatsiyalariga tayyorlash deb atagaan.
Ma'lum bo'lishicha, dengiz xavfsizligi boshqarmasi navigatsiya haqida ogohlantirish bergan. U Janubiy Xitoy dengizida Chjansyan Nansan orolining sharqiy suvlariga kirish joyi bilab chegaradosh, otishma mashg'ulotlari 9-avustdan boshlab uch kun davomida ertalab soat 8:00 dan 18:00 gacha davom etadi.
Qayd etilishicha, 8-avgust kuni Tayvan Qurolli Kuchlari (AF) og'ir artilleriyadan jonli o'q otish bilan harbiy mashqlar o'tkazilishini e'lon qilgan . Markaziy orol axborot agentligi (CNA) ma’lumotlariga ko‘ra, mashg‘ulotlar 9-avgust va 11-avgust kunlari Pingtung okrugidagi Fenggan dengiz porti hududida bo‘lib o‘tadi. Manevrlar doirasida, xususan, 155 millimetrli gaubitsa va 120 millimetrli minomyotlardan otishmalar amalga oshiriladi. Bundan tashqari, 5-sentabr kuni Pingtung okrugida yillik mashg‘ulotlar o‘tkaziladi, unda AH-64E Apache vertolyotlari qo‘llaniladi.
Eslatib o'tamiz, Xitoy va Tayvan o‘rtasidagi munosabatlarning keskinlashishi AQSh Kongressi Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosining 2-avgust kuni bo‘lib o‘tgan orolga tashrifi fonida yuz bergan edi. Pekin amerikalik siyosatchining safarini yagona Xitoy tamoyilini buzish va mamlakatning davlat suverenitetiga tajovuz deb baholadi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling