"Murad Buildings" kompaniyasi 700 ga yaqin daraxtni yo'q qilgani aytildi — foto

Hozirda holat yuzasidan dalolatnoma tuzilib Chilonzor prokuraturasiga taqdim etilgan.

Foto: t.me/Alimoff

Foto: t.me/Alimoff

Telegram ijtimoiy tarmog'ida bir nechta blogerlar tomonidan Toshkent shahrining Chilonzor tumani Seul ko'chasidagi qurilish maydonida 700 ga yaqin daraxt yo'q qilingani aytilmoqda.

Telegramdagi "Alimoff" kanalining yozishicha, ushbu hududda "Murad Buildings" ga qarashli "Kislorod" deb nomlangan turar joy majmuasi joylashgan.

Bloger ushbu ma'lumotni "Murad Buildings" saytida berilgan lokatsiya orqali topganini aytgan.

Foto: Telegram/Alimoff live

Foto: Telegram/Alimoff live

Boshqa bir telegram kanali "davletovuz" ham ushbu joyda rostdan ham daraxtlarni kesish holati yuz berganini isbotlaydigan videoni joylagan.

Hozirda holat yuzasidan dalolatnoma tuzilib Chilonzor prokuraturasiga taqdim etilgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling