Dam olish kunlari O‘zbekistonda havo 42 darajagacha isiydi

Yakshanba kuni tog‘li joylarda esa sel kelishi xavfi bor.

“O‘zgidromet” prognoziga ko‘ra, 24–26-iyul kunlari O‘zbekiston hududida asosan kam bulutli va yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi. 

Faqat ayrim tog‘li hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Havo harorati bosqichma-bosqich ko‘tarilib, yakshanba kuni 36–39 darajagacha, shimoliy, janubiy va cho‘l hududlarida esa 40–42 darajagacha yetadi.

Respublikaning shimoli va cho‘l hududlarida shamol tezligi 13–18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon kuzatilishi mumkin.

Shuningdek, 24-iyul kuni Toshkent, Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarining tog‘ oldi hamda tog‘li hududlarida sel-suv toshqinlari yuzaga kelishi ehtimoli bor.

Toshkent shahrida dam olish kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Bugun havo 34–36 daraja, shanba kuni 35–37 daraja, yakshanba kuni esa 36–38 darajagacha isiydi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling