Foto: Talksport
Chelsi hamda Suonsi o'rtasidagi uchrashuvda Eden Azardan to'pni "himoya" qilgan yigit Charli Morgan hozirda millionerga aylangan. Bu haqda Talksport xabar berdi.
2013-yil Angliya liga kubogi yarim finali doirasida Chelsi va Suonsi baxsida o'smir yigit Eden Azarga burchak to'pini berishni hohlamagan. Natijada vaqt kam qolganligi sababli Azar asabiylashib, uning qorin qismiga tepgan va qizil kartochka olib maydondan chetlatilgan. Shunday qilib yosh yigit Suonsi muxlislari qahramoniga aylangan.
Ma'lum bo'lishicha, spirtli ichimliklar savdosi bilan shug'ullanadigan Morganning kompaniyasi 40 mln funt sterlingga baholangan.
Foto: Talksport
Uelslik yigitcha 2022-yil Sunday Timesʻning boylar reytingidan oʻrin egalladi. Braziliyalik sobiq futbolchi Ronaldinyo hamda mashhur bokschi Floyd Meyvezer uning mijozlaridan hisoblanadi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling