Foto: Tez Naws
Oʻzbekiston hududlari boʻylab 25-noyabr kuni 124 nafar fuqaroda koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.
Maʼlum qilinishicha, yangi kasallanish holatlarining:
— 1 nafari Qoraqalpogʻiston;
— 6 nafari Buxoro viloyatida;
— 3 nafari Jizzax viloyatida;
— 3 nafari Qashqadaryo viloyatida;
— 9 nafari Namangan viloyatida;
— 8 nafari Samarqand viloyatida;
— 1 nafari Sirdaryo viloyatida;
— 1 nafari Surxondaryo viloyatida;
— 3 nafari Fargʻona viloyatida;
— 1 nafari Xorazm viloyatida;
— 8 nafari Toshkent viloyatida;
— 80 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida qayd etilgan.
Avvalroq, Oʻzbekistonda COVID-19 infeksiyasi yuqtirganlar kunlik soni 100 ga yaqinlashgani haqida xabar berilgan edi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling