Xitoyda COVID rekordlari yangilanganidan keyin ulkan karantin markazi qurish ishlari boshlandi - video

Bir sutka davomida 33 mingga yaqin kishida COVID infeksiyasi aniqlangan

Foto: <br>

Foto:

Xitoyda COVID infeksiyasining yuqtirish koʻrsatkichlari rekordlari yangilanganidan soʻng 87 ming kishiga moʻljallangan karantin markazi qurilish ishlari boshlandi. Bu haqda RBK xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, oʻtgan sutka davomida mamlakatda koronavirus bilan kasallanganlar soni rekord darajani qayd etdi. Unga koʻra, mamlakatda 33 mingga yaqin kishida COVID infeksiyasi aniqlangan. Bemorlarning aksariyati Pekin, Xebey va Guandun provinsiyalarida qayd etilgan.

Shu munosabat bilan Xitoyning bir qancha shaharlarida koronavirus tarqalishiga qarshi kurash choralari kuchaytirilgan. Pekin shahrida maktablar onlayn tizimga oʻtkazilgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling