Foto: CentralAsia
Xitoy yangi Covid-19 epidemiyasi sababli mamlakatning markaziy va shimoli-gʻarbiy qismidagi shaharlarni karantinga yopildi. Bu haqda The Guardian xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Xitoyda 25-oktyabrdan beri 1000 dan ortiq yangi Covid-19 holatlari qayd etilgan. Koronavirus tarqalishini toʻxtatish uchun Vuxandan Sinangacha boʻlgan hududlar karantinga yopilmoqda.
2019-yilgi koronavirus epidemiyasining eng oʻchogʻi hisoblangan Vuxan shahrida joriy hafta davomida 20-25 ta koronavirusga chalinish holatlari qayd etilgan. Oʻtgan 14 kun ichida shaharda 240 ta holat qayd etilgan. Mahalliy hokimiyat aholini 30-oktyabrgacha uyda qolib karantin rejimiga amal qilishga chaqirmoqda.
Maʼlum qilinishicha, karantin cheklovlari Xitoyning Guanchjou shahrida ham amal qiladi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling