Toshkentda prokuror yordamchisi pora bilan qo'lga olingani aytilmoqda

Gumonlanuvchi ushlanib tergov harakatlari davom etmoqda

Foto: Teznews

Foto: Teznews

Toshkent viloyatida Piskent tumani prokurorining yordamchisi pora bilan qo'lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, 1-noyabr kuni Toshkent viloyati prokuraturasi va DXX viloyat boshqarmasi tezkor xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan.

Tadbirda Piskent tumani prokurorining yordamchisi sudda koʻrilayotgan jinoyat ishi boʻyicha sudya orqali sudlanuvchiga yengil jazo tayinlanishini vaʼda qilib, evaziga firibgarlik yoʻli 1,5 ming dollar olgan vaqtida ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168 (Firibgarlik) va 28, 211 (Pora berish) moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling