Foto: CentralAsia
Joriy yilning 17-avgustga o'tar kechasi Sariq dengiz tomon ikkita qanotli raketa uchirdi. Bu haqda Janubiy Koreya armiyasi xabar bermoqda.
Harbiy ma'lumotlarga ko'ra, raketalar 17-avgust kuni Shimoliy Pyongan viloyatidagi Uncheon okrugi hududidan uchirilgan.
Qayd etilishicha, bu uchirish Yun Seok Yolning Koreya Respublikasi prezidenti sifatidagi 100 kunlik davriga to'g'ri keladi. Shu bilan birga, Janubiy Koreya va AQSh o'rtasidagi qo'shma mashg'ulotlar boshlanishiga o'ziga xos javob bo'ldi.
Xabarda shuningdek, qanotli raketalar BMT Xavfsizlik Kengashi rezolyutsiyalarini buzmasligiga, balki uzoq masofaga aniq zarbalar berish qobiliyati tufayli kattaroq xavf tug'dirayotgani ta'kidlangan.
Ma'lum bo'lishicha, ushbu raketa uchirilishini hisobga olgan holda, Shimoliy Koreya 2022-yilda jami 18 ballistik yoki qanotli raketa sinovlarini o'tkazgan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling