Foto: MYnet
Istanbulning Fatih tumanida sodir boʻlgan portlash oqibatida uchta mashinada yongʻin chiqdi, deb xabar bermoqda "Mynet".
Maʼlumotlarga koʻra, minalashtirilgan avtomobil Xoʻjamustafo poshsho koʻchasida portlagan boʻlib, undagi yongʻin qoʻshni mashinalarga oʻtgan.
Qayd etilishicha, oʻt oʻchirish xizmatlari voqea joyiga zudlik bilan yetib borib, olovni oʻchirgan. Jabrlanganlar va halok boʻlganlar yoʻq. Hodisa sabablari aniqlanmoqda.
Eslatib oʻtamiz, 13-noyabr kuni Istanbulning Istiqlol koʻchasida — shaharning asosiy piyodalar koʻchasida portlash sodir boʻldi. Voqea oqibatida yaralangan 81 nafar shaxsning 8 nafari xorijiy davlat fuqarolari bo'lgan, 6 kishi vafot etgan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling