Samarqandda avtobus haydovchilari va konduktorlari mushtlashdi

Janjal davomida tomonlar bir-birlariga tan jarohatlari yetkazgan

Foto: Samarqand IIB

Foto: Samarqand IIB

Samarqand shahrida yo‘nalishli harakatlanuvchi avtobus haydovchilari va konduktorlari ishtirokida janjal sodir bo‘ldi. Ushbu holat yuzasidan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi ma’lumot berdi.

Joriy yilning 10-oktyabr kuni soat 16:30 da Samarqand shahar Daxbed-Rudakiy ko‘chalari kesishmasida yo‘nalishli harakatlanuvchi 64-sonli avtobus konduktori va 52-sonli yo‘nalishli harakatlanuvchi avtobus haydovchisi va ushbu avtobus konduktori o‘rtasida janjal yuz bergan.

Qayd etilishicha, ular yo‘lovchi olish bo‘yicha o‘zaro tortishib qolgan. Janjal davomida tomonlar bir-birlariga tan jarohatlari yetkazgan.

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Samarqandda avtobus haydovchilarining janjalidan so‘ng ulardan biri fojiali tarzda halok bo‘lgandi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling