Foto: YouTube
Surxondaryo viloyati Angor tumani tibbiyot birlashmasida uch nafar fuqaro shifokorni kaltaklangani haqida xabar tarqaldi. Holat yuzasidan tuman hokimligi rasmiy munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, 27-oktyabr kuni soat 15:20 larda tuman tibbiyot birlashmasining travmatologiya boʻlimi shifokori va uch nafar fuqaro oʻrtasida janjal kelib chiqqan.
Foto: Youtube
Shu yerda boʻlgan tibbiyot xodimlari ularni ajratgan. Respublika sud tibbiy ekspertizasining bergan xulosasiga koʻra, janjal oqibatida shifokor yengil tan jarohati olgan.
Holat boʻyicha tuman ichki ishlar boʻlimi tomonidan dastlabki tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilayotgani maʼlum qilindi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling