KXDR Xitoy bilan temir yo'l orqali yuk tashishni qayta tikladi

Qatnovlar COVID-19 sabab to'xtatilgandi

Foto: Reuters

Foto: Reuters

KXDR Xitoy bilan aprelda to'xtatilib qo'yilgan temiryo‘l orqali yuk tashishni qayta tikladi. Bu haqda Janubiy Koreya birlashuv vazirligi maʼlum qildi.

Xabarlarga ko‘ra, Xitoyning Dandun hududidan Shimoliy Koreyadagi Sinuiju shahriga yuk poyezdi kelgan.  2022-yilning 29-aprelida temiryo‘l qatnovlari butunlay to‘xtatib qo‘yilgandi. Bunga chegara hududlarida COVID-19 bilan kasallanish avj olib ketgani sabab bo‘lgan.

Ekspertlar temiryo‘l orqali yuk tashishning to‘xtab qolishi KXDRda oziq-ovqat taʼminoti bilan bog‘liq vaziyatni yomonlashishiga olib kelishini taʼkidlagan.

Janubiy Koreya birlashuv vazirligi yuk ortilgan poyezdlar qatnovi 26-sentabrda tiklanganini qayd etgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling