Foto: Instagram
Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan bexayo videolari sababli besh sutkaga qamalgan bloger qiz tungi klubda odamlar ustidan pul sochgani uchun jarimaga tortildi. Bu haqda “Zoʻr tv” telekanalining “Bu kun” informatsion dasturi xabar bermoqda.
Maʼlum qilinishicha, qiz va uning dugonasi Samarqand shahrida joylashgan tungi klublardan biriga borgan. U yerda qizlar raqqosalarning ustidan pul sochgan va buni videoga olib, ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga joylagan. Ushbu videolar jamoatchilikda kech muhokamalarga sabab boʻlgan.
Bloger qiz, bu holatga uning hech qanday aloqasi yoʻqligini taʼkidlagan.
“Oʻsha kuni men pul sochmaganman. Meni yonimga kelib, samarqandlik fuqarolar raqqosalar ustidan pul sochishdi. Men buni videoga olib, ijtimoiy tarmoqlarga joylagandim, bu esa ayrim insonlarni eʼtiroziga sabab boʻldi. Men yerda pul yotmasligi kerakligini bilmagandim. Agar bilganimda pullarni terib olardim”, — deydi bloger.
Mazkur holatga oydinlik kiritish maqsadida klub ishichilari bilan oʻtkazilgan suhbat davomida, ishchilardan biri ular oʻzini ustidan oʻzi pul sochgani va buni oʻzlari videoga olganini taʼkidlagan.
“Bu klub yetti oydan buyon faoliyat yuritadi. Mehmonlar kelib, tamaddi qilib, chiqib ketishadi. Ilgari hecham bunday holat kuzatilmagan. Klubga shou baletlar keladi, shou boʻlib turadi. Oʻsha kuni ikkita qiz kelib, oʻzlari oʻtirdi, ovqatlandi. Keyin esa oʻzlarini ustilaridan oʻzlari pul sochib, oʻzlari videoga olishdi”, — deydi u.
Mazkur holat yuzasidan tegishli tartibda surishtiruv ishlari olib borilgan. Tekshiruvlar davomida yigʻilgan maʼmuriy ish hujjatlari koʻrib chiqilib, bloger qiz va uning dugonasiga nisbatan eng kam oylik ish haqqining uch baravari (900 ming soʻm) miqdorida jarimaga tortish jazosi belgilangan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling