Boris Jonson yana bosh vazir bo'lishi mumkin

Boris Jonson "Konservativlar" partiyasi yetakchisi sifatida saylovda ishtirok etishi mumkin

Foto: Reuters<br>

Foto: Reuters

Buyuk Britaniyaning sobiq bosh vaziri Boris Jonson 20-oktyabr kuni iste'foga chiqishini e'lon qilgan Liz Trassning o'rniga nomzod bo'lishi mumkn. Bu haqda "Reuters" xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Boris Jonson bosh vazirlikka saylovda "Konservativlar" partiyasi yetakchisi sifatida ishtirok etishi kutilmoqda.

Ma'lum qilinishicha, Jonsondan tashqari sobiq Moliya vaziri Rishi Sunak va Britaniya Jamoalar palatasi rahbari Penni Mordont ham bosh vazir lavozimi uchun nomzod sifatida ko'rsatilishi mumkin.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling