Foto: Reuters
Yangi Zelandiyadagi jala va kuchli shamol yuzlab odamlarni uylarini tashlab ketishga majbur qilmoqda. Bu haqda Associated Press xabar bermoqda.
Foto: Reuters
Qayd etilishicha, so'nggi kunlarda yuz berayotgan noqulay ob-havo sababli daraxtlar qulab avtomobil yo'llari yopilib qolgan.
Ma'lumotlarga ko'ra, Oklend yaqinida yelkanli qayiq kuchli bo'ron tufayli cho'kib ketgan. Tananui shahrida ko'chki sodir bo'lib, uylarning jarlikka sirg'alib ketishiga sabab bo'lgan.
Foto: Reuters
Bundan tashqari, noqulay ob-havo bir qator maktab va korxonalarning yopilishiga, shuningdek, reyslarning bekor qilinishiga olib kelgan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling