Toshkent yana havosi eng ifloslangan shaharlar o'ntaligiga kirdi

Havo sifatining oʻrtacha yillik qiymatidan 16,4 baravar yuqori darajani qayd etgan

Foto: Repost.uz<br>

Foto: Repost.uz

Toshkent havosi eng ifloslangan 10 ta shahar roʻyxatiga kiritildi. Bu haqda IQAir portali xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, 12-noyabr soat 10:00 holatiga koʻra, Oʻzbekiston poytaxtidagi monitoring stansiyasi 104 AQI natijasini koʻrsatgan. Soat 11:26 da bu koʻrsatkichlar bir necha marta oshgan. Unga koʻra havoning ifloslanishi darajasi 165 AQI gacha koʻtarilgan.

IQAir maʼlumotlariga koʻra, Toshkent shahrida PM2.5 kontsentratsiyasi Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tavsiya etgan havo sifatining oʻrtacha yillik qiymatidan 16,4 baravar yuqori darajani qayd etgan.

Shuningdek, poytaxt aholisiga tashqi havodan zararlanmasliklari uchun koʻchada niqob taqish va derazalarni yopish tavsiya qilinadi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling