Foto: Tez News
Sirdaryo viloyatida nikoh tuzish va bekor qilishni davlat xizmatlari markazlari orqali qabul qilish bo‘yicha huquqiy eksperiment o‘tkaziladi. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, tajriba 2022-yilning 1-noyabridan 2023-yilning 1-iyuliga qadar davom etadi. Bundan tashqari, nikoh tuzayotgan shaxslarning yashash joyidagi mahallani xabardor qilish tartibi ham bekor qilinadi.
Ma'lum qilinishicha, 2023-yil 1-yanvardan Toshkent shahrida, 2023-yil 1-iyundan esa butun O‘zbekiston hududida tug‘ilganlik, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limlarida tibbiyot muassasalari orqali hisobga olish tartibi joriy etiladi.
Xabarga ko'ra, tibbiyot muassasalari QR-kodli sertifikat beradi va bu sertifikat tug'ilganlik haqidagi guvohnomaga tenglashtiriladi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling