Sud qonunbuzar Tiktoker'larga bir oy hojatxona tozalash jazosini tayinladi

Bundan tashqari ular 20 darradan urilishi ham belgilangan

Foto: Alrf.ru

Foto: Alrf.ru

Nigeriya sudi Muborak Iso Muhammad va Nazifi Muhammad Bal ismli blogerlarni Tik Tok orqali Kano shtati gubernatori Abdullahi Umar Gandujega tuhmat qilgani uchun ommaviy kaltaklashga hukm qildi.

Sud qaroriga koʻra, blogerlar 20 darradan urilishi, shuningdek, 30 kun davomida binolarni supurib, sudning hojatxonasini toza saqlashlari kerak. Bundan tashqari, sud ularga ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida amaldordan uzr soʻrashni buyurgan.

Foto: Google source

Foto: Google source

Ushbu jazo ularga tuhmat va jamoat tartibini qo'zg'atish kabi ikkita ayblov bo'yicha o'z qilmishiga iqror bo'lganidan keyin berildi.

Chindan ham Muhammad va Bala oʻzlarining TikTok sahifalarida joylashtirilgan videolarda gubernator haqida haqoratomuz soʻzlarni aytishgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling