Foto: Anadolu agentligi
Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdo'g'an va Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy ishtirokida Ukrainaning urush natijasida vayron bo'lgan infratuzilmasini tiklash bo'yicha kelishuv imzolandi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 18-avgust kuni Lvovda Ukraina infratuzilma vaziri Aleksandr Kubrakov va Turkiya Respublikasi savdo vaziri Mehmet Mus infratuzilmani tiklash bo'yicha o'zaro anglashuv memorandumini imzoladilar.
Unga ko'ra, yaqin vaqt ichida restavratsiya masalalari boʻyicha qoʻshma ishchi guruh tuzilib, turk sarmoyasini jalb qilish mexanizmlari, shuningdek, hamkorlik boʻyicha aniq loyihalar ishlab chiqadi.
“Biz Rossiya tomonidan vayron qilingan infratuzilmani tiklash bo‘yicha hamkorlik qilmoqlichiligi uchun turkiyalik hamkorlardan minnatdormiz. Bunga turk biznesining yo‘llar va ko‘priklar qurilishida katta tajribasi yordam bermoqda, xususan, bu bizning megaloyihalarimiz – Zaporoje va Kremenchug ko‘priklariga taalluqlidir. Biz turk biznesini ishonchli hamkor sifatida bilamiz, shuning uchun ham tez orada qo‘shma restavratsiya bo‘yicha aniq amaliy natijalarga erishamiz, deb umid qilamiz”, deydi Infratuzilma vaziri Aleksandr Kubrakov.
Ma'lumot o'rnida, 18-avgust kuni Lvovda BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish, Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo'g'an va Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy o'rtasida uch tomonlama uchrashuv o'tkazilgan edi.
Shundan keyin, Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo'g'an va Turkiya Prezidenti Vladimir Zelenskiy ikki tomonlama hamkorlikni muhokama qilish uchun alohida muzokara o'tkazdi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling