Foto: yuzuz
Zoyir Mirzayev Toshkent viloyatining hokimi etib tasdiqlandi. Bu haqda prezident matbuot kotibi xabar berdi.
Taʼkidlanishicha, Xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashining sessiyasida Zoyir Mirzayev nomzodi viloyat hokimi lavozimiga tavsiya etilgan va maʼqullangan.
Sessiya yakunida Zoyir Mirzayev endi oʻz faoliyatida Toshkent viloyati ahliga astoydil xizmat qilishi lozimligini taʼkidladi.
Eslatib o'tamiz, Zoyir Mirzayev 2021-yil noyabr oyidan beri Toshkent viloyati hokimi vazifasini bajarib kelayotgan edi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling